Sayyor qabulda murojaatlarga yechim izlanmoqda
Sayyor qabulda murojaatlarga yechim izlanmoqda
Bugun Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot hamda shahar Halq qabulxonasi rahbarlari birgalikda "Guliston" mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda shahardagi 163 nafar fuqaroning bandlik, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, imtiyozli kredit ajratish, moddiy yordam kabi turli masalalarga oid murojaati tinglanib, ularni hal etish choralari ko‘rildi.
– Turmush o‘rtog‘im va farzandim bir qancha vaqt oldin baxtsiz xodisa tufayli ahvoli og‘irlashib qolishdi. Bo‘lgan voqeani aytib, shahar hokimidan davolatish bo‘yicha olib kelgan shartnomani ko‘rsatib, xarajatlariga amaliy yordam so‘radim, – deydi Bog‘ishamol mahallasida yashovchi G.Ismailova. – shahar hokimi muammoni tinglab, tez vaqt ichida yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga vazifa yukladilar.
- Fuqaro Feruza Turdialiyeva kadastr bilan bog‘liq masalada amaliy yordam so‘radi. Shahar hokimi murojaatchining muammosi to‘g‘risida mutasaddilardan ma’lumot olgach, fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
- Mehrobod mahallasida yashovchi R.Xayitnazarova qo‘shnisining uyi yonib ketgani va uning natijasida o‘zining uyi ham talofat ko‘rganini aytib, yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaroning murojaatiga tez kunlarda tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Shuningdek, 20 dan ortiq fuqarolarga huquqiy masalalarda tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.