“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Termiz shahar Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Termiz shahar Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenum, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga partiyadan saylangan deputatlar, partiyaning viloyat Kengashi xodimlari hamda partiya faollari ishtirokida hududdagi Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot kutubxona markazida tashkil etildi.

Unda 2022-yilning birinchi yarimida olib borilgan faoliyat yakunlari tahlil qilindi, ikkinchi yarim yillikdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Deputatlar partiyaning dasturiy-maqsad va vazifalari targ‘iboti yo‘lida yanada faol bo‘lishi ta'kidlanib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi. Yakunda o'tgan davr mobaynida faollik ko'rsatgan partiya faollari esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

 \