Termiz shahrida hokim yordamchilari faoliyatiga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazildi
Termiz shahrida hokim yordamchilari faoliyatiga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazildi
Bugun, Termiz shahrida navbatdagi press-tur boʻlib oʻtdi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.
Press-tur davomida ishtirokchilar “Jo‘yjangal” va “Surxon sohili” mahallasi hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, hokim yordamchisi tavsiyasi asosida kredit olib avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik, mebel ishlab chiqarish va pavloniya ko‘chatlarini yetishtirayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblari olishdi.