Mas’ul rahbarlar Termiz shahar sport maktabi faoliyati bilan tanishdi
Mas’ul rahbarlar Termiz shahar sport maktabi faoliyati bilan tanishdi
Mamlakatimizda sportni yanada ommalashtirish, xususan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududlarda aholi, ayniqsa yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarga ega zamonaviy sport maktablari faoliyat olib bormoqda.
Xususan, Termiz shahridagi sport maktabida ham 1000 dan ortiq yoshlar sportning kurash, futbol, boks, erkin kurash, suzish, dzyudo, yengil atletika va boshqa turlari bo‘yicha doimiy shug‘ullanib kelmoqdalar. Bugun, shahar hokimi O‘.To‘rayev Termiz shahar sport maktabiga tashrif buyurib, u yerda yosh sportchilar bilan uchrashdi.
Shuningdek, sport maktabida yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar haqida mas’ullar bilan suhbatlashdi. Shahar hokimi mas’ullar bilan suhbatlashish jarayonida sport maktabiga tegishli tartibda 50 mln so‘mlik sport anjomlari olib berish, shuningdek suzish havzasining isitish tizimini ta’mirlash uchun 100 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.