RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 24-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahar “Yulduz” mahallasi A.Dexotiy 2-uyda 2019-yildan buyon yashab kelgan fuqaroning 2022-yilning fevral oyida uyining orqa tarafiga ko‘p qavatli uy qurilishini boshlagani, uyning yonidan chuqur “katlavan” qazdirilgani, devorlarda shikast va yoriqlar paydo bo‘lgani” yuzasidan murojaat yo‘llangan.
Ushbu murojaat Termiz shahar qurilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari asosida o‘rganib chiqilgan va quyidagilar ma’lum qilinadi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala shahar qurilish boshqarmasi hodimlari tomonidan o‘rganilganda, “Barpo Qurilish Servis” MCHJ tomonidan ushbu hududdan ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilayotganligi aniqlandi.
Mazkur qurilishni qurish uchun Surxondaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasining 2022-yil 01-iyundagi 1722-1722401-43592-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik kengashidan tasdiqlanmasdan va viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmay turib qurilish ishlarini boshlab yuborganligi sababli tadbirkor ogohlantirilib qurilish ishlari shaharsozlik hujjati to‘liq ishlab chiqilib vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqdan o‘tgunga qadar vaqtinchalik to‘htatilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaro Saidova Nodira Xalmuratovnaga yashab turgan uy-joy binosi ko‘p qavatli turar-joy binosining yonida joylashganligi sababli yashash uyi buzilishini va kompensasiya mablag‘lari tadbirkor tomonidan to‘lab berilishi ma’lum qilinadi.