Termiz shahrida “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar davom etmoqda
Termiz shahrida “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar davom etmoqda
Bugungi kunda yurtimizdagi mahalla va qishloqlarda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xalqimizga munosib hayot darajasini yaratish uchun olib borilayotgan ushbu keng ko‘lamli ishlar Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlarida o‘z isbotini topmoqda.
Shahrimizning “Bog‘ishamol” mahallasida ham ushbu dastur doirasida aholiga elektr energiyasi yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida shu vaqtga qadar muddatini o‘tab eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga 38 dona yangi beton ustunlar o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda elektr energiya tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
O‘z navbatida ko‘p yillar yaroqsiz bo‘lib, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan ushbu muammolar bugungi kunda o‘z yechimini topayotganidan mahalla ahli juda ham mamnun bo‘lmoqda.