Surxondaryo viloyat hokimi festival ishtirokchilari bilan uchrashdi
Surxondaryo viloyat hokimi festival ishtirokchilari bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27-29 oktyabr kunlari Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida baxshichilik san’ati yo‘nalishida baxshi, oqin va jirov ijrochilarining respublika festivali bo‘lib o‘tdi.
Uch kun davom etgan festivalda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 80 ga yaqin baxshi, oqin va jirov ijrochilari o‘z san’atini namoyish etib, xalqimiz aqlu-zakovati bilan yaratilgan doston va termalarni jo‘shib kuyladi. Buyuk ajdodlarimizning ko‘p asrlik hayot tajribalari, ezgu orzu-intilish va yuksak fazilatlarini o‘zida mujassam etgan boqiy merosimiz keng targ‘ib qilindi. Festival doirasida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashishdi hamda usta ijrochilar tomonidan mahorat darslari o‘tildi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov milliy qadriyatlarimiz kuychilari bilan uchrashib, dildan suhbat qildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborini ta’kidlab, ko‘rik-tanlov qatnashchilariga omad tiladi.