RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahridagi Manguzar masjidi eski holatga kelganligi, odamlar yo‘lda o‘tirib Juma namozini o‘qiyotganligi, yangi masjid qurilishi noma’lum sabablarga ko‘ra to‘htab qolgani” haqida murojaat qilingan.

Mazkur murojaat O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi mas'ullari tomonidan o'rganildi. O‘rganish jarayonida Termiz shahar "Manguzar" jome masjidi haqiqatdan ham ko‘p yillar oldin yaqin atrofdagi jamoatchilikning ehtiyojidan kelib chiqqan holda qurilgan Hozirgi kunda aholi sonining ko‘payganligi inobatga olinib, masjid yonginasidagi ko‘cha qismiga ham zarur sharoitlar va barcha qulayliklar yaratilib namoz ado etilmoqda. Shuningdek, “Manguzar” jome masjididan uncha uzoq bo‘lmagan hududda yangi jome masjidi qurilish ishlari yaqin kunlarda davom ettirilishini ma’lum qilinadi.