XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV SEMINAR O‘TKAZILDI
XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV SEMINAR O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yil 24-28 oktyabr kunlari viloyatning shahar va tumanlardagi xotin-qizlar faollari uchun o‘tkaziladigan o‘quv reja grafigiga asosan, bugun Termiz shahar hokimligi binosida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Tagayeva shuningdek, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassislari K.Xudoynazarovlar tomonidan ma’ruza qilinib, savollarga batafsil javoblar berildi.