Termiz shahar hokimining sayyor qabuli qariyb 9 soat davom etdi
Termiz shahar hokimining sayyor qabuli qariyb 9 soat davom etdi
Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida soat 12:00 da boshlangan shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida sektorlar, shahar hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining sayyor qabuli 20:40 ga qadar davom etdi.
Sayyor qabulda fuqarolardan asosan bandlik, ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, ijtimoiy ta’minot kabi turli masalalar bilan bog‘liq 348 nafar fuqaroning muammosi tinglandi.
Murojaatlarning 45 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 303 ta muammo yuzasidan mas’ullarga muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.