LOTIN YoZUVIGА АSOSLАNGАN OʼZBEK АLIFBOSIGА OʼTISh TEZLАShMOQDА

LOTIN YoZUVIGА АSOSLАNGАN OʼZBEK АLIFBOSIGА OʼTISh TEZLАShMOQDА
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri А.Аripov tomonidan 01.07.2021 yil 30/1-2308-son xati orqali barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarga yoʼllangan topshirigʼi hamda viloyat hokiminining 05.07.2021 yildagi 01-17/1526-son xatiga asosan quyidagilar lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosida boʼlishi taʼminlanishi kerakligi taʼkidlangan:
➖ barcha joy va koʼcha nomlari;
➖ atamalar;
➖ tashkilotlarning nomlari;
➖ peshlavhalar;
➖ ommaviy targʼibot vositalari;
➖ reklama va eʼlonlar;
➖ ish qogʼozlari va turli blanklar.
Shu munosabat bilan shahardagi barcha xoʼjalik yurituvchi subektlarga Termiz shahar hokimining tegishli xati orqali ishchi guruhi tomonidan tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borilmoqda. Targʼibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.