Surxondaryoda ko‘chat ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik"ka start berildi
Surxondaryoda ko‘chat ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik"ka start berildi
Prezidentimizning 2021 yil 30 dekabrdagi 46-son Farmoniga asosan, bugun erta tongdan viloyatimizning shahar va tumanlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" boshlandi.
Shu maqsadda Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, nuroniylar, yoshlar, mutasaddi tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor ko‘chat ekish mavsumida 10 million 57 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Aksiya davomida ko‘chatlar narxining o‘sib ketishi oldini olish maqsadida shahar va tumanlar Markaziy dehqon bozorlarida hamda mahalla markazlarida ko‘chat sotish yarmarkalari tashkil etildi. Markaziy ko‘chalarga bir turdagi daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali “chinor ko‘chasi”, “qarag‘ay ko‘chasi” “uzum ko‘chasi”, kabi 15 tadan ortiq namunaviy ko‘chalarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumida ham viloyat hududida iqlim sharoitidan kelib chiqib 6 million 5 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalari ekiladi.
“Zarbdor 40 kunlik”da manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi tuzilib, viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan ijtimoiy soha ob’yektlari, mahallalar, yo‘l bo‘ylari va dala chetlarida ekiladigan daraxt va butalar miqdori va turi hamda ko‘chat ekish mavsumida, hududlarda ko‘chat yetkazib beruvchi sub’yektlar belgilab olingan.
Hurmatli vohadoshlar ona tabiatimizga bo‘lgan mehringizni yuksak g‘urur bilan e’tirof etgan holda, ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik tashabbusda faol ishtirok eting!