TERMIZ SHAHRIDA HARBIY XIZMATCHILARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI
TERMIZ SHAHRIDA HARBIY XIZMATCHILARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI
Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun 60 xonadondan iborat 9 qavatli yangi uylar o‘z egalariga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari A.Xidirov, Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev, Janubiy operativ qo‘mondonlik boshlig‘i polkovnik P.Satыvaldыyev, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Mehmonlar yangi xonadonlarga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar uylariga kirib, sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan, uch xonadan iborat bo‘lgan bu uylarda harbiy xizmatchilarning farovon turmush kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani e’tirof etildi. Shuningdek, hovlida harbiylarning farzandlari uchun ham zamonaviy o‘yin maydonchalari barpo etilgan.
Yaratilayotgan qulay imkoniyatlar harbiy xizmatchilarimizni xalqimizning tinch va osuda hayotini ta’minlashda, davlatimizning taqdiri va kelajagi uchun fidoyi bo‘lishga undaydi.