Termiz shahrida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatiga yechim izlandi
Termiz shahrida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatiga yechim izlandi
Bugun, 22 oktyabr kuni shahar hokimi O‘ktam To‘rayev rahbarligida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 175 nafar murojaatchilarning muammolari tinglanib, sektorlar rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida ular o‘rtaga tashlayotgan muammolarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, bir martalik moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot kabi turli masalalar bilan bog‘liq muammolar tinglandi.
Qabulda fuqarolardan M.Berdiyevaning farzandini davolatish bilan bog‘liq xarajatlari, S.Axmatova akasining operasiyasiga zarur bo‘lgan protez-ortopediya maxsulotini sotib olishida hamda Yu.Mamatmurodovaning sog‘ligini tiklashda davolanishga yordam so‘rab qilgan murojaatlari ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
Murojaatlarning 20 dan ortig‘i shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, yer ajratish, aliment masalasi va boshqa shu kabi murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, muammo ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazib, hal etish vazifasi yuklatildi.