MAHALLADAGI “BESHLIK” FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

MAHALLADAGI “BESHLIK” FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida hayotbaxsh islohotlar samaradorligini oshirishda mahallaning o‘rni va mavqeyi yuksalib bormoqda. Ayni jarayonda amaliyotga joriy etilgan yangi tizim bu boradagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Bugungi kunda mahalladagi beshlik: MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori yurt taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilib, islohotlar «drayveri» bo‘lmoqda.

Bugun, 24 oktyabr kuni Termiz shahrining «Shifokor» MFYda bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida mahalladagi beshlik: hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qilar faoli hamda profilaktika inspektorining to‘qqiz oylik faoliyatiga oid hisoboti eshitildi. Hisobot yig‘ilishida shahar hokimi O‘.To‘rayev, sektor rahbarlari, mutasaddilar va mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar, profilaktika inspektori tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yuzma-yuz muloqotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida fikrlar bildirilib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim va ustuvor vazifalar sarhisob etildi. Mahalladagi beshlik faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida jarayondagi burch va mas’uliyat tuyg‘usini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.