JINOYaT UChUN JАZO MUQАRАR
JINOYaT UChUN JАZO MUQАRАR
Jazo berishdan avval har doim gunohdan oʼtishning iloji yuqmikan, deya oʼylab koʼrish lozim. G.LIXTENBERG
Yurtimizda azaldan insonparvarlik tamoyillari, inson shaʼni va qadr qimmati oliy masala sifatida baholangan.
Jinoyat uchun jazo choralarini qoʼllash toʼgʼrisidagi qonunlarga ogʼishmay amal qilish sudlarning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Jazo adolatli boʼlishi — har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va ogʼirlashtiruvchi holatlarga muvofiq boʼlishi kerak.
Аdolatli jazo tayinlanishi undan koʼzlangan maqsadlarga — mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Jinoyat va jazo masalalarini hal qilishda ayblanuvchi shaxsini oʼrganishning ahamiyati kattadir.
Bu sud harakatlarining samarali uslubini ishlab chiqish imkonini beradi, qolaversa ish boʼyicha haqiqatni toʼla aniqlash, adolatli hukm chiqarish, shaxsni qayta tarbiyalash hamda jinoyatchilikning oldini olishga koʼmaklashadi.
Sud protsessida ayblanuvchining shaxsini mukammal oʼrganish uning ruhiy xususiyatlarini, shaxs sifatida shakllanish jarayonlarini oʼrganishlikni talab qiladi.
Аyblanuvchi shaxsining faqat salbiy xususiyatlarini oʼrganishga cheklanmasdan, balki undagi mavjud ijobiy fazilatlarini oʼrganish xolis hukm chiqarish uchun gʼoyat muhimdir.
Faqat asosli va odilona jazo tayinlash orqaligina jamiyatni jinoiy xurujlardan samarali himoya etish, sudlanganlarni tuzatish va qayta tarbiyalashga erishish, sudlanganlar hamda boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishni taʼminlash mumkin.
Jamiyatimizda shaxsni tarbiyalash orqali sogʼlom muhit yaratish vazifasi, nafaqat sudlarning, balki keng jamoatchilik, qolaversa, har bir fuqaroning burchi ekanini unutmaslik lozim.
Ikrom ShАYMАNOV
Jinoyat ishlari boʼyicha Termiz shahar sudining raisi