“Inson qadri uchun” tamoyili amalda
“Inson qadri uchun” tamoyili amalda
Bugun, 9 sentyabr kuni shaharning “Nurli kelajak” mahallasida aholi murojaatlarining ijrosi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, mahallaning asosiy “Gulshan” ko‘chasida aholining tungi vaqtda xarakatlanishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Shuningdek, mazkur ko‘chani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hududdagi daraxtlar va gullarni doimiy sug‘orish uchun mutaxassislar yordamida suv chiqarib berildi. Mahalladagi bunyodkorlik ishlaridan mahalla aholisi yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlardan cheksiz minnatdorchilik bildirishmoqda.