Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sunnatilla Muhamadiyevning avgust oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sunnatilla Muhamadiyevning avgust oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

 

Soliqchi – tadbirkorga komakchi! Bugun davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘z faoliyatini mazkur tamoyil asosida yo‘lga qo‘yib, soliq to‘lovchilarning eng yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkoriga aylanmoqda.

Xususan joriy yilning avgust oyida Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan 250 ta tadbirkorlik subyektining 320 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 120 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 15 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.

Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidagn nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 50 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu fuqarolarning 50 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari pirovardida avgust oyida 411 ta korxonadagi 900 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati legallashtirildi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 510 nafar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida mehnat qilayotgan 390 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 90,1 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

Jumladan, Termiz shahridagi 1,7 ming subyektning tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘payib, jami tovar aylanmasi o‘sishi 115 foizni tashkil etmoqda.

Ahamiyatlisi, 2022-yilning avgust oyi davomida Termiz shahar soliq to‘lovchilari tomonidan 38,2 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 8,5 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarildi. (Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140,2 foizga ko‘pdir.) Budjetga yo‘naltirilgan soliqlarning asosiy qismi 32,6 mlrd so‘mi, ya’ni 91.6 foizi yuridik shaxslar, 8.4 milliard so‘mi yoki 2,8 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 25,3 mlrd so‘m yoki 71,0 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 1,6 mlrd so‘m yoki 4,4 foizini aylanmadan olinadigan solig‘i, 0,8 mlrd so‘m yoki 2,2 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 10,5 so‘m yoki 22,4 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Soliq qarzdorligini qisqartirish borasida olib borilgan izchil ishlar natijasida 23 ta korxona tomonidan umumiy miqdorda 0,5 mlrd so‘mlik soliq qarzorligi to‘lab berildi.

Yurtboshimizning “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 10 taga oshirilishi norasmiy bandlikni kamaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Termiz shahrida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 743 nafarni tashkil etadi.


Soliq tizimini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari soliq munosabatlarini yengillashtirish, xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash imkonini bermoqda. Birgina misol joriy yilning iyul-avgust oylari davomida “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali Termiz shahridagi 103 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq hisobotlarida xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tekshiruvdan oldingi tahlil asosida xabarnomalar yuborildi.

Shundan 35 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan 1 250 mln so‘m miqdordagi soliq hisobotlaridagi kamchiliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etildi. Natijada tekshirish davomida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 250 mln so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanilmasdan, tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qoldi.

Misol uchun Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatga olingan "Surxondaryo qurilish va arxitektura” KXK tomonidan “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali yuborilgan xabarnomaga asosan 450.5 mln so‘m aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan muddatda qayta hisobot taqdim etildi. Natijada Soliq kodeksiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 90.1 mln so‘m miqdoridagi moliyaviy jarimaning oldi olindi.

Shuningdek Termiz shahar DSIga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan 127 ta murojaat batafsil o‘rganilib, ularning 112 tasi ijobiy hal etildi va 15 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlash joizki, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida olib borayotgan ishlarimiz yanada izchillik kasb etadi. Zero, biz soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori va eng yaqin ko‘makchisimiz!

 

Sunnatilla Muhamadiyev,

Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i