Termiz shahridagi umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
Termiz shahridagi umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
Bugun — 5 sentyabr kuni shahrimizdagi maktablarda 2022-2023 o‘quv yili darslari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 3696 nafar bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Maktablarda tahsil olayotgan 35054 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida shahar hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.