Bayram yaqin. Hademay xalqimiz, eng ulugʻ va eng aziz ayyom Mustaqilligimizning 31 yilligini kutib oladi.
Bayram yaqin. Hademay xalqimiz, eng ulugʻ va eng aziz ayyom Mustaqilligimizning 31 yilligini kutib oladi.
Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati oldidan harbiy xizmatchilarga qulaylik yaratish maqsadida qism qoʻmondonligi tashabbusi bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil qilindi.
Yarmarka rastalaridan sifatli va arzonlashtirilgan meva-sabzavotlar, turli salqin ichimliklar, sut va goʻsht mahsulotlari, tuxum, un, yogʻ, shakar va boshqa turdagi mahsulotlar oʻrin olgan.
Bozorda bayram oldi tashkil qilingan yarmarkadagi mahsulotlarning narxi ham arzon, sifati ham talab darajasida.
Muhimi harbiy xizmatchilar bundan mamnun deydi, guruh komandiri katta leytenant Doston Saydullayev.
Bunday arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari boshqa garnizonlarda ham oʻtkazilmoqda.