MUROJAAT VA IJRO

MUROJAAT VA IJRO

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 maydagi 252-sonli qaroriga ko‘ra 13 turdagi subsidiyalar hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan berilishi belgilangan.

Ushbu subsidiyalar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ularning o‘zini-o‘zi band qilishi va doimiy daromadga ega bo‘lishlari maqsadida berilishi nazarda tutilgan.

Xususan, kuni kecha Termiz shahridagi "Jo‘yjangal", "Tinchlik", "Mehrobod", "Amu sohili" va "Gulira’no" mahallalarida yashovchi 6 nafar "Ayollar daftari"dagi vaqtincha ishsiz fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan subsidiya asosida "Tikuv mashina", "Overlog", "Inkubator", "Noutbuk" va o‘t o‘rish uskunasi berildi.