PRESS-TUR O‘TKAZILDI

PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Termiz shahridagi 26-maktabda navbatdagi press-tur boʻlib oʻtdi. Unda hokim o‘rinbosari Kamol Ashurov, maktab o‘qituvchilari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.

Press-tur davomida ishtirokchilar 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-2023 o‘quv yilini boshlash uchun tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Xususan, sinf xonalar, kutubxona, sport zal, oshxona, texnologiya va to‘garak xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Press-tur davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.