Tadbirkor - elga madadkor

Tadbirkor - elga madadkor

 

Mamlakatimizda bugungi kuntgan o‘zgarishlar, ayniqsa iqtisodiyotimizning rivojlanish ko‘rsatkichlari har birimizga alohida quvonch bag‘ishlaydi. Joriy yilda ham yuksak o‘sish sur’atlari ko‘zda tutilyapti.

Ma’lumki, istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda hunarmda yuz berayoandchilik sohalarida nafaqat  iqtisodiyotimizning yetakchi bo‘g‘ini, balki davlatimiz va jamiyatimiz rivojida hal qiluvchi ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy kuchga aylandi.

Ayniqsa bozorni import o‘rnini bosuvchi mahsulot hamda xizmatlar bilan to‘ldirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlashda tadbirkorlarimizning hissasi salmoqli bo‘lmoqda. Bugungi kunda shaharda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarini rivojlanishi yalpi ichki maxsulotni shakllantirishdagi ulushining o‘sib borishi bunga asos bo‘ladi.

O‘z navbatida tadbirkorlar izlanuvchanligi tufayli aholi turmush farovonligini oshirish, daromadini ko‘paytirishda yetakchi kuchga aylandi. Shahrimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar tomonidan savdo, sanoat, xizmat sohalarida bo‘layotgan yangilanishlar fikrimizning yaqqol tasdig‘idir.

Termiz shahrimizda 2022 yil 7 oy yakunida

- sanoat mahsulotlari 109,6 % ga,

- pudrat qurilish ishlari 108.3 % ga,

- xizmatlar 116,8 % ga,

- savdo 113,2 % ga bajarilgan bo‘lsada, bu ko‘rsatkichlarning asosiy ulushi tadbirkorlik sub’yektlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Tadbirkorlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Termiz shahar statistika bo‘limi tomonidan har oyning ikkinchi, to‘rtinchi juma kunlari “Ochiq eshik kunlari” tashkil etilib, unda kichik biznes subyektlariga hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan elektron hisobotlarini topshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tadbirkorlar uchun qabul qilingan yangi Farmonlari, Qarorlari va undagi imkoniyatlar to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qisqacha aytganda, Termiz shahrimiz tadbirkorlari iqtisodiyotimiz ravnaqi, halqimiz turmush darajasini oshishiga o‘z kuch-qudratini sarf qilishdan va mehnat samarasini oshirishdan to‘xtamaydi.

 

Yusuf Turdiyev

Termiz shahar statistika bo‘limi boshlig‘i