Mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi bayrami arafasida 21 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi

Mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi bayrami arafasida 21 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida Termiz shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Probasiya guruhi hisobida jazo o‘tab turgan 21 nafar mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish maqsadida keng qamrovli islohotlar jadallik bilan amalga oshirib kelinmoqda.
Sud-huquq sohasida konstitusiyaviy talablar asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli aholining huquq va manfaatlari to‘la ta’minlanmoqda.
Zero, ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir insonni rozi qilish, ularning ezgu orzularini ro‘yobga chiqarish, pirovardida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir.
Sud-huquq tizimida amalga oshiriladigan barcha ishlar zamirida qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovga erishish kabi ezgu g‘oyalar yotadi. Aynan inson va adolatli sud o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda qonuniylikni va adolatni ta’minlaydigan harakatlar zamirida xalqimizning osoyishta hamda rozi bo‘lib yashash huquqi turibdi.
Insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi bayrami arafasida Termiz shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Probasiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoialariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq roiya qilgan, o‘zining hulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 21 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari o‘tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi.
Bu bilan sud, sodir etgan jinoyatining oqibatlarini to‘la anglab yetgan va axloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarga imkon berilganligi halqimizning kechirimlilik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ruyobga chiqarilishi bilan bir qatorda jazodan ozod etilgan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, oila a’zolari, farzandlari, shuningdek jazodan ozod qilingan shaxslarning oilalarda tinchlik-xotirjamlikni ta’minlash bilan birga, el-yurt taraqiyoti uchun munosib xissa qo‘shishlariga yana bir imkon yaratdi.

 

Ikrom Shaymanov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining raisi