TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI
TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI
Bugun, Termiz shahar davlat xizmatlari markazi binosida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Gʻ.Elamanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahar Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Saodatov va tashkilot rahbarlari birgalikda fuqarolarning muammolari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda aholidan ishga joylashtirish, imtiyozli uy-joy masalasida, mahallaga ariq suvini yetkazib berish, bir martalik moddiy yordam, imtiyozli davolanish, subsidiya asosida o‘zini-o‘zi band qilish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Qabulda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi fuqarolarga moddiy yordam ajratilishi belgilandi va nogironligi bo‘lgan fuqaroning sog‘ligini tiklash masalasidagi murojaati ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilib, ijrosi muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazib, hal etish vazifasi yuklatildi.