HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun, Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda “O‘zbekiston” va “Bog‘ishamol” mahallasidan yigirmadan ortiq yoshlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevning navbatdagi yoshlar bilan muloqoti ham samimiy va ochiq tarzda bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning aksariyat murojaatlari ish bilan ta’minlash, sog‘ligini tiklashda amaliy yordam, bir martalik moddiy yordam berish va boshqa masalalarda bo‘ldi. Shuningdek, uchrashuv davomida bir nafar yosh o‘zining tashabbuskor loyihasini taqdimot qildi.

Hokim tomonidan shahar xalq ta’limi bo‘limiga o‘n nafar oliy ta’limni bitirgan yoshlarni maktablarga ishga joylashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘rganish vaqt talab qiladigan murojaatlarni amaliy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, tegishli tartibda nazoratga olindi.