TERMIZ SHАHRIDА OILАVIY TАDBIRKORLIK QO‘LLАB-QUVVАTLАNMOQDА

TERMIZ SHАHRIDА OILАVIY TАDBIRKORLIK QO‘LLАB-QUVVАTLАNMOQDА

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʼbatlantirish yuzasidan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 5228-qaroriga asosan, “Pattakesar” mahallasi aholisiga kredit asosida 50 dona kurka va 300 dona tovuq yetkazib berildi.

“Pattakesar” MFY hokim yordamchisining tavsiyasi bilan mahallada “Аyollar daftari”dagi ayollarga tikuv mashinasi hamda yana bir fuqaroga non pishirish pechi va xamir qorish uskunasi topshirildi.

Shuningdek, “Joʼyjangal” mahallasidagi yakka tartibdagi tadbirkor Ulugʼbek Begalievga bogʼdorchilik va gul koʼchatlarini yetishtirishi uchun kredit asosida har xil turdagi gul koʼchatlari olib berildi.