Аyollar daftariga kiritilgan 10 nafar xotin-qizlarning doimiy daromad manbai yaratildi
Аyollar daftariga kiritilgan 10 nafar xotin-qizlarning doimiy daromad manbai yaratildi
Bugun, Termiz shahridagi “Mexrobod” mahallasida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 252-sonli qarori asosida viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi Sh.Joʼraev rahbarligida “Аyollar daftari” 1-toifasiga kiritilgan 10-nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi topshirildi.
Shuningdek, "Nurli kelajak" mahallasidan yoshlar daftarida roʼyhatda turgan bir nafar yoshga kompьyuter jamlanmasi berildi.
Mazkur xotin-qizlarga ajratilgan tikuv mashinalaridan maqsadli foydalanishlari hamda ularga doimiy daromad manbaini yaratish uchun lider tadbirkor biriktirilib mahalla hududida tikuvchilik sexi tashkil etiladi.