Reklama toʼgʼrisidagi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Reklama toʼgʼrisidagi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi


Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasining “Reklama toʼgʼrisida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 28 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2022 yil 17 martda maʼqullangan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 7 iyunda imzolangan. Mazkur Qonun 8 bob, 53 moddadan iborat. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʼtgach kuchga kirishi belgilangan.

Oʼz navbatida, mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, asosiy talablari hamda ahamiyati yuzasidan aholi va tadbirkorlik subʼektlari oʼrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat.
Shu munosabat bilan bugun Termiz shahar hokimligida Surxondaryo viloyat hokimligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida ushbu tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, Surxondaryo viloyat hokimining maslahatchisi O.E.Sevarov hamda Surxondaryo viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi boshqarmasining Reklama faoliyatini tartibga solish boʼlimi boshligʼi А.А.Xolmirzaev, shuningdek shahrimizdagi reklama faoliyati bilan shugʼullanuvchi tashkilotlar ishtirok etishdi. Mazkur Qonun mazmun-mohiyatining taqdimotidan soʼng “Davlat tilida ish yuritish” kitobi tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.