"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi
"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi
Bugun, “Gulira’no” va “Chegara” mahallalarida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev rahbarligida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida 1-sektor hududidagi mahallalarda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.