"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi

Muhtaram Prezidentimiz, Sh.M.Mirziyeyovning "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorlari asosida bugungi kunda mahalla fuqarolari yig‘inlarida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish,yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, maqsadida yoshlar yetakchilari lavozimlari joriy etilganligi hech kimga sir emas.


Yoshlar yetakchilari bilan birgalikda sektor raxbarlari bugungi kunda yoshlarning bandligini ta’minlash ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bugun, Termiz shahar 3-sektor binosida 59 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi. Tadbirda shahar IIB boshlig‘i E.Nurillayev, shahar 1-sonli IIB boshlig‘i U.Ummatov va JTSB boshlig‘i T.Xurmatovlar ishtirok etishdi.