Termiz shahar 4-sektor rahbari Sunnatilla Muxamadiyev rahbarligida hamda mahalladagi yoshlar yotakchilari tavsiyalari bilan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

Muhtaram Prezidentimiz, Sh.M.Mirziyeyovning "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorlari asosida bugungi kunda mahalla fuqarolari yig‘inlarida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida yoshlar yotakchilari lavozimlari joriy etilganligi xech kimga sir emas.
Ana shunaka yoshlar yotakchilari bilan birgalikda sektor raxbarlari bugungi kunda yoshlarning bandligini ta’minlash ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.Xususan, bugun Termiz shahar Adib Sobir Termiziy kutubxonasida 44 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalari berildi.