Rasmiy munosabat
Rasmiy munosabat
Joriy yilning 29-iyul kuni ijtimoiy tarmoqda Termiz shahrida joylashgan Azizbek to‘yxonasining orqa tarafida chiqindilar to‘planib qolgani, natijada atrofga badbo‘y hid tarqalayotgani yuzasidan murojaat yo‘llangan.
Termiz shahar hokimligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tadbirkor bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shundan so‘ng tadbirkor to‘yxona xududidagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketgan. Shuningdek, tadbirkorga takroran ushbu holat sodir etiladigan bo‘lsa jarimaga tortilishi bo‘yicha ogohlantirish berilganligini ma’lum qilamiz.