Muborak Haj safariga ketgan ziyoratchilarimiz munosib kutib olindi
Muborak Haj safariga ketgan ziyoratchilarimiz munosib kutib olindi
Surxondaryodan Haj safariga borib qaytayotgan 615 nafar fuqarolardan 1-reysda 240 nafari, ya’ni 1-guruh: Termiz shahri va Termiz tumani, 2-guruh: Sherobod, Angor, Muzrabot tumanlari, 3-guruh: Sho‘rchi tumani, 4-guruh: Uzun tumani, 5-guruh: Uzun hamda Qumqo‘rg‘on tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar 25 iyul kuni mahalliy vaqt bilan kech soat 22:10da Jidda shahridan Qarshi shahriga yetib kelishgan va bugun erta tongda ular shahrimizdagi Hakim Termiziy masjidida munosib kutib olindi.
Xojilarni qutlash uchun yig‘ilgan yaqinlari ularni o‘zgacha quvonch va his-hayajon bilan qarshi olishdi.