RАSMIY MUNOSАBАT

RАSMIY MUNOSАBАT

 

Termiz shahar hokimligi joriy yilning 20-iyul kuni “Surxon ovozi” gazetasida Termiz shahridagi “Turkmanariq” kanali rekonstruksiya qilinganiga qaramay, hali-hamon kanalga suv kelmagani tanqid ostiga olingan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qarori asosida reja bo‘yicha 2020-2021 yil davomida Termiz shahrida mutadil iqlimni yaratish maqsadida shaharda “Turkmanariq” kanalining qurilish ishlari 2021-yilning 2-chorak yakuniga qadar to‘liq taʼmirlash ishlari yakunlanishi belgilangan edi, biroq ushbu xududda noqonuniy qurilishlarni o‘z vaqtida buzdirishning imkoniyati boʼlmaganligi bois kanalning qurilish ishlari 2022 yilda amalga oshirish uchun yildan yilga oʼtuvchi obʼektlarning manzilli ro‘yxatiga kiritildi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi "2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-98-son qarori bilan tasdiqlanib, joriy yilda qurilish ishlariga xalaqit beruvchi muxofaza zonasiga qurilgan noqonuniy qurilishlardan tozalanib, bugungi kunda obʼektda qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu kanalning qurilish ishlari 2022 yilning 4 choragida foydalanishga topshirilib, aholining hovli va tomorqa qismini sugʼorish uchun ariq suvi bilan taʼminlanishini maʼlum qilamiz.