XАLQ DEPUTАTLАRI TERMIZ SHАHАR KENGАSHINING 50-SESSIYASI OʼTKАZILDI

XАLQ DEPUTАTLАRI TERMIZ SHАHАR KENGАSHINING 50-SESSIYASI OʼTKАZILDI

Sessiyada xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador boʼlim va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

Sessiya kun tartibida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2019 yil 17 yanvardagi PF-5633-sonli Farmonining shahardagi ijrosi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Saodatov Shuxrat Xodjakulovichning 2022 yil 1-yarim yillik axboroti, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrda “Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosi yuzasidan Termiz shahar xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 9-sonli ayrim fanlar chuqur oʼrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va 26-sonli umumtaʼlim maktab direktorlarining oʼtgan oʼquv yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-son qarori asosida shahardagi xokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi xamda aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan shahar mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari D.Normurodovning 2022 yil 1-yarim yilligida amalga oshirgan ishlari natijalari toʼgʼrisida shuningdek, Termiz shahridagi “Maʼrifat” va “Аlpomish” mahallalari profilaktika inspektorlari tomonidan hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida “Maʼrifat” va “Аlpomish” mahallalari profilaktika inspektorlari J.Pirmatov, B.Sarievlarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, kun tartibdagi boshqa masalalar atroflicha muhokama etilib, shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Shu bilan sessiya oʼz ishini yakunladi.