Surxondaryoda “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonun loyihasi muxokamasiga bagʼishlangan tadbirlar qizgʼin davom etmoqda.
Surxondaryoda “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonun loyihasi muxokamasiga bagʼishlangan tadbirlar qizgʼin davom etmoqda.
Galdagi muhokama Termiz shahar 26-umumiy oʼrta taʼlim maktabida “Kattabogʼ”, "Shifokor", "Tuproqqoʼrgʼon", "Nurli kelajak", "Tinchlik", "Kokildor ota", "А.Navoiy", "Namuna", "Chegara", "Manguzar", "Pattakesar" mahallalari faollari ishtirokida boʼlib oʼtdi. Tadbirda O`zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qoʼmitasi raisi А.Xaitov, O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi А.Roʼzievlar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgarishlarning tub mohiyatida yotadigan inson qadri, uning barcha huquq va erkinliklarini taʼminlash, uning shaʼni, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy ximoya qilish hamda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarning Konstitutsiyada aks ettirilayotgani yuzasidan maʼlumot va tushunchalar berildi