PQ-300-SON QАROR IJROSI YUZАSIDАN SEMINАR TRENING

PQ-300-SON QАROR IJROSI YUZАSIDАN SEMINАR TRENING

Bugun Termiz shahridagi 26-maktabda xotin-qizlar faollari uchun “Ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatishda ijtimoiy ish amaliyotini qoʼllash va keys-menejment asoslari” mavzusida 5 kunlik trening oz ishini boshladi.

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi tashabbusi bilan YuNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʼtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʼrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 29-iyul 2022-yildagi PQ-300-son qarori ijrosi yuzasidan seminar trening 1-kuni boshlandi.

Unda viloyat hokimi oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Z.Xidirova, Termiz shahar hokimi oʼrinbosari M.Tagaeva YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi trenerlari, xotin-qizlar faollari va OАV vakillari ishtirok etmoqda.