ONАLАR VА BOLАLАR SOGʼLOMLАShTIRISH MАRKАZI OCHILDI

ONАLАR VА BOLАLАR SOGʼLOMLАShTIRISH MАRKАZI OCHILDI

Kuni kecha Termiz shahridagi А.Аvloniy mahallasida barcha zamonaviy sharoitlarga ega sogʼlomlashtirish markazi faoliyat boshladi. Ochilish marosimida Termiz shahar prokurori, shahar DSI boshligʼi, Termiz shahar boʼyicha Respublika vakili hamda Maxallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori ishtirok etishdi.

“Mazkur markazni tashkil etishdan koʼzlangan maqsadim mahallamizdagi xotin-qizlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini qaror toptirish va ommalashtirish va ularning boʼsh vaqtlarni mazmunli oʼtkazishlarga munosib sharoit yaratib berishga oʼz hissamni qoʼshish” - deydi tadbirkor X.Аbdullaev.

Maʼlumot uchun ushbu sogʼlomlashtirish markazi Mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi bilan oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida fuqaro Xusniddin Аbdullaevga ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobidan tashkil etilgan.