MENING KONSTITUTSIYAM – TINCH, TOʼKIN HАYOTIM KАFOLАTI

MENING KONSTITUTSIYAM – TINCH, TOʼKIN HАYOTIM KАFOLАTI

Bugun, 12 iyul kuni Termiz shahridagi “Namuna”, “Temiryoʼlchi” va “Kokildor ota” mahallalari fuqarolari ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB boshligʼi А.Ismoilov, shahar hokimi I.Xudoyberdiev hamda sektor rahbarlari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʼishlangan uchrashuvi tashkil etildi.

Dastlab yigʼilganlarga barcha islohotlarning tub zamirida "Inson-jamiyat-davlat" strategiyasi pirovard maqsad qilib olinganligi tushuntirildi. Shuningdek, fuqarolarning taklif va mulohazalariga ham quloq tutildi.

Tadbirda soʼzga chiqqanlar tomonidan yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan keng koʼlamli islohotlar haqida soʼz yuritildi va Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Inson qadri uchun xizmat qiladigan, xalqchil Konstitutsiya yaratilayotganligini taʼkidlandi.