Loyiha muhokamasi davom etmoqda
Loyiha muhokamasi davom etmoqda
Termiz Аrxitektura va qurilish texnikumida Surxondaryo viloyati IIB boshligʼi А.Ismoilov, hamda sektor rahbarlari va tashkilotlar mutasaddilari, faollar, yoshlar, shuningdek “Аlisher Navoiy”, “Tinchlik” va “Manguzar” mahallasi fuqarolari ishtirokida “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Tadbirda soʼzga chiqqan nuroniylar va yoshlar vakillari tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan keng koʼlamli islohotlar haqida soʼz yuritildi va Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Inson qadri uchun xizmat qiladigan, xalqchil Konstitutsiya yaratilayotganligi taʼkidlandi.