Аyollar daftari boʼyicha bajarilayotgan ishlar tahlili yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi
Аyollar daftari boʼyicha bajarilayotgan ishlar tahlili yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi
Bugun, 14 iyun kuni “Guliston” mahallasida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev rahbarligida “Аyollar daftari”da roʼyxatda turuvchi xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularni ishga joylashtirish va tadbirkorligini yoʼlga qoʼyishlari uchun maqsadli kreditlar ajratilishi yuzasidan yigʼilish oʼtkazdi. Unda hokim oʼrinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda 1-sektor hududidagi mahalla raislari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Yigʼilishda yuqoridagi masalalar har bir mahalla kesimida chuqur tanqidiy-tahlil qilindi. Yakunda shahar hokimi tomonidan ishsiz xotin-qizlarni ishga joylashtirish va tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan ehtiyojmand xotin-qizlarga maqsadli kredit ajratilishi boʼyicha masʼullarga aniq koʼrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.