Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqaror boʼlsa, jamiyat ham mustahkam boʼladi
Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqaror boʼlsa, jamiyat ham mustahkam boʼladi
Kecha Termiz shahridagi Аrxitektura va qurilish texnikumida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida din ishlari boʼyicha qoʼmitaning Termiz shahri boʼyicha masʼul xodimi, imom Termiziy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazining ilmiy xodimi, shahar targʼibot guruhi rahbari va shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, diniy bagʼrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ekstemistik va terroristik tashkilotlarning gʼarazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati toʼgʼrisida ishtirokchilarga tushuntirishlar berilib, targʼibot ishlari olib borildi.