Respublikamizda 2023 yilda ilk bor aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Respublikamizda 2023 yilda ilk bor aholini
ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.


Ma’lumki, BMTning 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga a’zo davlatlar har o‘n yilda kamida bir marta aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda, MDH davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan. 2019 yilning oktabr oyida Ozarbayjon va Belarus davlatlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazldi. Joriy yilda Armaniston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlarida mazkur tadbirni o‘tkazish rejalashtirilgan.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida hali biror marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Ushbu tadbir so‘nggi bor sobiq ittifoq davrida 1989 yilda o‘tkazilib, o‘sha paytda yurtimiz aholisi
19,7 million kishini tashkil etgan.
Amaldagi joriy hisobga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikamiz doimiy aholisi soni 33 905,8 ming kishini tashkil etib, shundan shahar aholisi soni 17 118,4 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,5 %), qishloq aholisi soni 16 787,4 ming kishini (49,5 %) tashkil etadi.Jami aholimizning 50,2 % ni erkaklar (17036,1 ming kishi), 49,8 % ni ayollar (16869,7 ming kishi) tashkil etadi.
2019 yil davomida respublika bo‘yichatug‘ilganbolalar soni
815,9 ming nafarni, vafot etganlar 155,0 ming kishini tashkil etgan.


Shahar ro’yxatga olish bo’limi boshlig’i
A.Qodirov