HOKIM VА YOSHLАR UCHRАSHUVI

HOKIM VА YOSHLАR UCHRАSHUVI
 
Bugun, Termiz shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Gʼ.Elamanov Tuproqqoʼrgʼon mahallasidagi 10-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida mahalla yoshlari bilan uchrashdi.
 
Uchrashuvda yoshlarning ishga joylashish, imtiyozli bank krediti olish, tibbiy yordam va kontrakt pulini toʼlashda amaliy yordam berish masalasida oʼnlab murojaat hamda takliflari tinglandi.
 
Qoʼyilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Kredit olish va ishga joylashish istagidagi yoshlar alohida ajratib olinib, ularning murojaatlari bilan bank va bandlik mutasaddilari maxsus shugʼullanishi yuzasidan koʼrsatma berildi.