YANGI OʼZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – MENING KONSTITUTSIYAM!
YANGI OʼZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – MENING KONSTITUTSIYAM!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2- Shifokor saylov okrugidan saylangan deputat Fayzullaev Hikmat Boboqulovichning saylovchilar bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Unda deputat “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi toʼgʼrisida maʼlumotlar berdi.
Uchrashuvda saylovchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollar va yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan murojaat qildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muamollari tinglanib, savollarga batafsil javoblar berildi, shuningdek ayrim murojaatlarga huquqiy tushunchalar berildi.