SAYYOR QABUL: DAVLAT VA XALQ O‘RTASIDAGI KO‘PRIK

SAYYOR QABUL: DAVLAT VA XALQ O‘RTASIDAGI KO‘PRIK
 
Bugun, Guliston mahallasidagi 1-sektor binosida o‘tkazilgan sayyor qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Gʻ.Elamanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahar Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Saodatov va tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etib, 60 ga yaqin fuqarolarning ishga joylashtirish, kadastr, moddiy yordam, elektr, sog‘ligini tiklash masalasi va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
 
Qabulda murojaatlarning 19 tasi joyida o‘z yechimini topdi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan besh nafariga moddiy yordam ajratilishi belgilandi va olti nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarning sog‘ligini tiklash masalasidagi murojaati ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Ayrim masala va murojaatlarni joyiga borib, atroflicha o‘rganib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.