Termiz shahrida erta va qarindoshlar oʼrtasida nikoh tuzish holatlari va uning salbiy oqibatlarining oldini olish hamda oilaviy zoʼravonlikni oldini olish va oilaviy zoʼravonlikdan jabr koʼrganlarga amaliy koʼmak berish borasida amaliy uchrashuv tashkil etildi
Termiz shahrida erta va qarindoshlar oʼrtasida nikoh tuzish holatlari va uning salbiy oqibatlarining oldini olish hamda oilaviy zoʼravonlikni oldini olish va oilaviy zoʼravonlikdan jabr koʼrganlarga amaliy koʼmak berish borasida amaliy uchrashuv tashkil etildi
Mamlakatimizda oilaviy nizolarni, ayniqsa, ajrimlarni oldini olish maqsadida oiladagi nizoli holatlarni avvalo oilani oʼzida er-xotin, qaynona-qaynota yaqin qarindoshlar ichida yoki mahallalarda sektor rahbarlari, huquq-tartibot idoralari, imom-xatib, otinoyilar, mahalla faollari jalb qilgan holda nizoga barham berish, oilani asrab qolish ishlarni mantiqiy davomi sifatida 2021 yil 25 iyunь kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʼlimi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining 2021 yil 27 apreldagi majlisining 2-sonli bayonnomasi ijrosi doirasida “Bogʼzor” MFYdagi oilaviy nizoli vaziyatdagi oilalarga maʼnaviy hamda amaliy koʼmak koʼrsatish uchun tashrif buyurildi. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning kamolotida uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya ham diqqat-eʼtibordan chetda qoldirib boʼlmaydi. Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida “Oʼzbekiston Respublikasida erta va qarindoshlar oʼrtasida nikoh tuzish holatlari va uning salbiy oqibatlarining oldini olish hamda Oilaviy zoʼravonlikni oldini olish va oilaviy zoʼravonlikdan jabr koʼrganlarga amaliy koʼmak berish” mavzularida amaliy uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuv davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʼlimi, viloyat Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, viloyat “Buvijonlar maktabi” faol raisi va faol aʼzolari, shahar Koʼp tarmoqli markaziy poliklinikasi, mahallardagi xotin-qizlar hamda OАV vakillari ishtirok etishdi. Oilaviy zoʼravonlikni oldini olish va oilaviy zoʼravonlikdan jabr koʼrganlarga amaliy koʼmak berish, Oʼzbekiston Respublikasda erta va qarindoshlar oʼrtasida nikoh tuzish holatlari va uning salbiy oqibatlarining oldini olish hamda Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash kabi mavzularda mutaxassislar tomonidan maʼruzalar qilindi. Vaholanki, bunday tadbirlarni oʼtkazish bugungi kun uchun oʼta muhim sanaldi. Zero, yaqin qarindoshlar oʼrtasidagi nikoh vujudga kelishi sabab, uning oqibatda yaqin insonlar oʼrtasida keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda. Аksariyat aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning ongida bu kabi nikohni oldini olish kelajak avlodni sogʼlom dunyoga kelishida va yaqin qarindoshlar orasiga sovuqchilikka barham berishini singdirish hamda oilaviy tazyiqlarga koʼz yumib boʼlmaslik, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish zarurligini targʼibot qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.