Termiz shahar sektor rahbarlari “Xalq bilan muloqot” koʻrsatuvida chiqish qilishdi 

Termiz shahar sektor rahbarlari “Xalq bilan muloqot” koʻrsatuvida chiqish qilishdi 

 

Termiz shahrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan joriy yilning 26 iyun kuni Surxondaryo viloyat televideniyasining “Xalq bilan muloqot” koʻrsatuvi toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilib, 1 soat 40 daqiqa davom etdi. Unda Termiz shahar hokimi, sektor rahbarlari, shuningdek hokimning sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

Ko‘rsatuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi va mas’ullar tomonidan javoblar berildi. Shu kunning o‘zida murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.