Surxondaryo viloyatidagi ommaviy qabullari yuzlab insonlarning dardiga davo, koʼziga nur, qalbiga malham bagʼishladi desak mubolagʼa boʼlmaydi.
Davlatimiz rahbari topshirigʼi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatidagi ommaviy qabullari yuzlab insonlarning dardiga davo, koʼziga nur, qalbiga malham bagʼishladi desak mubolagʼa boʼlmaydi. Shu bois ham oʼttizga yaqin vazirliklar, qoʼmitalar va boshqa respublika tashkilot-idoralari rahbarlari har bir masalani murojaatchilar va hududiy masʼullar bilan birga ochiq muhokama qilib, qonuniy-adolatli hal qilish uchun bor kuch-imkoniyatni safarbar qildi. Аyniqsa, bu jarayonda ijtimoiy himoyaga muhtoj koʼplab insonlarning davolanish, salomatligini tiklash, bilan bogʼliq muammolari ijobi hal etildi